ر
Ravza Arab tiliRavza Ta'lim

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-sentyabr

Ilova: «Ravza Arab tili» (uz.ravzatalim.ravza) · Android, iOS va web

1. Qisqacha

Ravza — arab tilini noldan o'rgatuvchi ta'lim ilovasi. Biz faqat ilova ishlashi uchun zarur ma'lumotni yig'amiz: hisobingiz, o'rganish progressingiz va texnik nosozlik hisobotlari. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz.

Ilovadan mehmon rejimida ham foydalansa bo'ladi: u holda ism, email va boshqa shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi.

2. Qanday ma'lumot yig'iladi

Ma'lumotNima uchun
Ism, taxallus, email, profil rasmi — Google yoki Apple hisobidan; Telegram orqali kirsangiz Telegram ismi va foydalanuvchi nomi Hisobni yaratish va qurilmalar orasida progressni saqlash
Yosh (tug'ilgan yil sifatida saqlanadi), jins, millat — ixtiyoriy; mamlakat/viloyat/tuman (ro'yxatdan tanlanadi) Ta'lim statistikasi va guruhlar kesimida hisobot; GPS yoki aniq joylashuv olinmaydi
Telefon raqami — ixtiyoriy Ustoz siz bilan bog'lanishi uchun. Kiritmasangiz ham ilovadan to'liq foydalanasiz
Uyga vazifa rasmlari — daftaringiz surati, faqat o'zingiz tanlab yuborsangiz Vazifani tekshirish va ustozning izohi. Rasm bizning serverimizda saqlanadi, uchinchi tomonga berilmaydi
Xato va taklif murojaatlari — o'zingiz yozsangiz Muammoni hal qilish
O'rganish ma'lumotlari: tugatilgan darslar, test ballari, XP, seriya, o'rganilgan so'zlar, javoblar tarixi, kunlik vaqt Progressni ko'rsatish, takrorlash jadvalini (SRS) hisoblash, keyingi bo'limni ochish
Taklif kodi va sizni kim taklif qilgani (Shajara) Taklif daraxti va bo'lim ochilish sharti
Texnik nosozlik hisoboti: xato matni, qurilma modeli, OS va ilova versiyasi, til, ilova ichidagi tasodifiy o'rnatish identifikatori hamda xatodan oldingi oxirgi qadamlar (qaysi ekran ochilgani, qaysi so'rov yuborilgani) — matn, rasm va yozishmalaringiz emas Xatolarni topish va tuzatish. Sozlamalar → Maxfiylik → «Nosozlik hisobotlari» tugmasi bilan o'chirib qo'yish mumkin
Push bildirishnoma tokeni (qurilma identifikatori) Eslatma yuborish. Bildirishnomaga ruxsat bermasangiz yig'ilmaydi

Ilova to'lov ma'lumotini, kontaktlarni, mikrofon yozuvlarini va aniq (GPS) joylashuvni yig'maydi. Kamera yoki galereyadan rasm faqat siz uyga vazifa uchun o'zingiz tanlaganingizda yuboriladi. Yozuv mashqidagi barmoq chizig'i faqat qurilmangizda baholanadi.

3. Kim bilan bo'lishamiz

  • Google — Google bilan kirish, push bildirishnoma (Firebase Cloud Messaging) va nosozlik hisobotlari (Firebase Crashlytics).
  • Apple — «Apple ID bilan kirish» (faqat Apple qurilmalarida).
  • Telegram — Telegram orqali kirishni tanlasangiz.

Boshqa hech kimga bermaymiz. Qonun talab qilgan hollarda rasmiy so'rov asosida berilishi mumkin.

4. Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar bizning serverimizda (Hetzner, Finlyandiya) saqlanadi. Ulanish HTTPS orqali shifrlanadi, bazaga faqat ilovaning o'zi va cheklangan admin hisoblari kira oladi. Progressning nusxasi qurilmangizda ham saqlanadi — internetsiz o'qiy olasiz.

5. Qancha saqlanadi va qanday o'chiriladi

Ma'lumot hisobingiz faol bo'lgunicha saqlanadi.

Ilova ichida: Sozlamalar → Hisob → «Hisobni o'chirish». Tasdiqlaganingizdan so'ng hisob va unga bog'langan hamma narsa — progress, lug'at, Shajara, push tokenlari, uyga vazifa rasmlari — darhol o'chiriladi. Xato hisobotlari va umumiy statistika sizga bog'lanmagan (anonim) holda qoladi.

Ilovaga kira olmasangiz, so'rovni shu yerdan yuboring: ravzatalim.uz/hisobni-ochirish — 30 kun ichida o'chiramiz.

Progressni o'zingiz istalgan vaqtda tozalashingiz mumkin: Sozlamalar → Hisob → «Progressni tozalash».

6. Bolalar

Ilova 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Bolalarni maxsus nishonga olmaymiz va ulardan ataylab ma'lumot yig'maymiz. Bolangizning ma'lumoti yig'ilgan deb hisoblasangiz, quyidagi manzilga yozing — o'chiramiz.

7. Sizning huquqlaringiz

  • Ma'lumotingiz nusxasini so'rash;
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish;
  • Hisobni va ma'lumotni o'chirish;
  • Nosozlik hisobotlarini yuborishni to'xtatish (Sozlamalar → Maxfiylik).

8. O'zgarishlar va aloqa

Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi; muhim o'zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.

Savollar va so'rovlar: asatovshokhjakhon@gmail.com
Telefon: +998 91 219 99 79
Ilova egasi: Shokhjakhon Asatov (Ravza Ta'lim), O'zbekiston.