ر
Ravza Arab tiliRavza Ta'lim

Hisobni o'chirish

«Ravza Arab tili» ilovasi (uz.ravzatalim.ravza) · yangilandi 2026-11-08

Hisobingizni va unga bog'langan barcha ma'lumotni istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin. So'rov bepul.

Ilova ichidan — darhol

Ilovada: Profil → Sozlamalar → Hisob → «Hisobni o'chirish». Tasdiqlaganingizdan keyin hisob va unga bog'langan barcha ma'lumot serverdan shu zahoti o'chiriladi.

Faqat o'rganish progressini tozalamoqchi bo'lsangiz (hisob qolsin): Sozlamalar → Hisob → «Progressni tozalash».

Ilovaga kira olmasangiz — so'rov yuborish

Quyidagi maydonni to'ldiring — pochta ilovangiz tayyor xat bilan ochiladi. Xatni hisobingizga bog'langan manzildan yuboring, shunda egalikni tekshirish oson bo'ladi.

Pochta ilovasi ochilmasa, shunchaki asatovshokhjakhon@gmail.com manziliga «Hisobni o'chirish» mavzusi bilan yozing.

Nima o'chiriladi

  • Profil: ism, taxallus, email, profil rasmi, tug'ilgan sana, millat, hudud;
  • Kirish bog'lanishlari: Google, Apple ID va Telegram identifikatorlari;
  • O'rganish ma'lumotlari: darslar progressi, test natijalari, XP, seriya, so'z takrorlash jadvali va javoblar tarixi;
  • Taklif kodi va Shajara bog'lanishlari;
  • Uyga vazifa rasmlari va natijalari;
  • Ovoz yozuvlari (Pro talaffuz mashqi va ovozli vazifalar) va talaffuz natijalari;
  • Avto-uzaytirish uchun saqlangan karta tokenlari;
  • Push bildirishnoma tokenlari.

Muddat: ilova ichidan — darhol. Email orqali so'rov kelgach hisob darhol bloklanadi va 30 kun ichida butunlay o'chiriladi. Zaxira nusxalar aylanmasi tufayli nusxalardan o'chishi 30 kungacha cho'zilishi mumkin.

Pro obuna to'lovlari bo'yicha buyurtma yozuvlari (summa, sana, to'lov usuli) to'lovlar hisobi uchun qoladi, lekin hisobingizga bog'lanishi uziladi. Xato hisobotlari va umumiy statistika ham sizga bog'lanmagan holda qoladi.

Aloqa

Email: asatovshokhjakhon@gmail.com
Telefon: +998 91 219 99 79
Maxfiylik siyosati: ravzatalim.uz/maxfiylik